Har bir pilot zalga o‘zim boraman.
Muhammad Mirzo
Kelaver asoschisi
Kelaver — zalingizning Telegram’dagi yordamchisi. Har bir a’zoni eslab qoladi, o‘z vaqtida yozadi. Sizga har kuni ertalab hisobot yuboradi.
Telegram’da yozasiz · 1 oy bepul · karta kerak emas

Yangi a’zo keldi, bir oy shug‘ullandi — keyin kelmay qo‘ydi. Hech kim qo‘ng‘iroq qilmadi. Qarz daftarda qoldi. Bu zarar ko‘rinmaydi, lekin har oy takrorlanadi.
Yiliga kamida 18 000 000 so‘mKelaver oyiga 2 ta a’zoni qaytarsa, o‘zini oqlaydi.
Misol hisob: har bir ketgan a’zoga faqat 1 oylik to‘lov hisoblandi. Haqiqiy natijani pilotda birga o‘lchaymiz.
Haftasiga ko‘pi bilan 2 ta xabar. Tunda jim.
Eshikdagi QR kodni skanerlaydi, raqamini yuboradi — yashil ruxsatnoma tayyor. 30 soniya, ilovasiz.
To‘lovni 3 marta bosib yozadi: naqd yoki karta. Kassa o‘zi hisoblanib boradi.
Har kuni soat 09:00 da hisobot oladi: kechagi tushum, qarzlar va bugun kimga qo‘ng‘iroq qilish kerak.
«Abonementingiz 2 kundan keyin tugaydi». Haftasiga ko‘pi bilan 2 ta xabar, tunda jim.
Mijoz
Assalomu alaykum! Zalga kirish uchun eshikdagi QR kodni skanerlang.
✅ Kiring, Aziz!
🕐 18:30
Qoldi: 21 kun
Xodim
✅ To‘landi: Aziz Karimov · 250 000 so‘m
Ega
🚪 Tashriflar: 42 ta, to‘lovlar 17 ta
💳 Jami qarz: 830 000 so‘m
Eslatma
Abonementingiz 2 kundan keyin tugaydi. Kelganingizda uzaytirib qo‘ying.
Abonement tugashidan oldin eslatma oladi — uzaytirishni unutmaydi.
Qarz yozib boriladi. Kim qancha qarz — har kuni ertalab hisobotingizda bir qarashda.
Do‘stini olib kelgan a’zo ball oladi.
Xodim yozgan har bir to‘lov vaqti va ismi bilan ko‘rinadi.
| Daftar | Kelaver | |
|---|---|---|
| Kim ketayotganini ko‘rsatadi | Yo‘q | Bor |
| Qarzlarni har kuni ko‘rsatadi | Yo‘q | Bor |
| Kunlik tushum | Yo‘q | Bor |
| Xodim to‘lovlari nazorati | Yo‘q | Bor |
| Do‘st taklifi | Yo‘q | Bor |
| Excel’ga yuklash | Yo‘q | Bor |
| Narx | tekin, tanish | pilot bepul |
Har bir pilot zalga o‘zim boraman.
Muhammad Mirzo
Kelaver asoschisi
Faqat birinchi 10 ta zal: har biriga o‘zimiz boramiz.
Pilotdan keyin — oyiga 299 000 so‘mdan.
Pilot: 1 oy bepul. Natijani har kungi hisobotda ism-sharif bilan ko‘rasiz.
Birinchi pilot zal natijalari shu yerda bo‘ladi — haqiqiy raqamlar bilan.
O‘rganish shart emas. Zalingizni 5 daqiqada sozlaymiz, daftardagi a’zolarni o‘zimiz kiritamiz. Siz faqat har kuni soat 09:00 da 40 so‘zlik hisobotni o‘qiysiz.
Mijozga ilova ham, parol ham kerak emas. Eshikdagi QR kodni skanerlab, bitta tugmani bosadi — 30 soniyada ruxsatnoma tayyor. Kerak bo‘lsa, xodim QRsiz kiritadi.
Har bir zalning ma’lumoti alohida saqlanadi. Uni faqat siz va siz ruxsat bergan xodimlar ko‘radi. Har kecha zaxira nusxa olinadi. Excel faylni istalgan payt yuklab olasiz.
Pilot 1 oy bepul. Keyin oyiga 299 000 so‘m. Abonement 250 000 so‘m bo‘lsa, oyiga 2 ta qaytgan a’zo xarajatni qoplaydi. Natijani pilotda birga o‘lchaymiz.
Qoidamiz qat’iy: haftasiga ko‘pi bilan 2 ta qisqa, foydali xabar. 22:00 dan 08:00 gacha bot jim turadi. Xabar istamagan mijoz qabulxonaga aytadi yoki botni Telegram’da to‘xtatadi.
Internet uzilsa ham eshik yopilmaydi: xodim daftarga yozib turadi, keyin botga kiritadi. Savol bo‘lsa, botdagi «Yordam» tugmasi orqali menga yozing — 15 daqiqada javob beraman.
Ma’lumot sizniki
Excel nusxa — istalgan payt
Har kecha zaxira nusxa
Xodim faqat ruxsat berilganini ko‘radi